Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Evro Consulting» imtihonsiz xorijda ta'lim olish imkonini taqdim etadi
O‘zbekiston yoshlari orasida chet el oliygohlarida o‘qish istagini bildirayotgan, bu orqali nafaqat sifatli bilim olish, balki dunyoqarashini kengaytirish va o‘zga yurtda yashash hayotiy tajribasini orttirish niyatida bo‘lganlar soni yildan yilga oshib bormoqda.
Xorijiy ta'lim muassasalarida ta'lim olishning ko‘plab afzallik jihatlari borki, bugungi kun o‘zbek yoshlariga bu haqida ortiqcha tushuntirish berib o‘tirish shart emas. Ularning aksariyati bu borada o‘z qarashlariga ega. Demak, chet mamlakatda o‘qish bo‘yicha aniq maqsadga ega yoshlarni bugun faqat aniq takliflar qiziqtiradi.
«Evro Consulting» ana shunday qat'iy intilishga ega yigit-qizlarga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish yo‘lida ko‘mak berishga tayyor. Kompaniyamiz Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati huquq va boshqaruv instituti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti hamda Varshava Universiteti kabi xalqaro davlat universitetlarida ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi.
Endilikda ushbu ikki nufuzli oliy ta'lim muassasiga «Evro Consulting» kompaniyasi orqali imtihonsiz o‘qishga kirish va oliy ma'lumot olish imkoniyati yaratildi. Kompaniyamiz bu oliygohlar bilan maxsus shartnomaga ega, shu asosda biz sizga sifatli konsalting xizmatlarini ko‘rsatamiz.
Kompaniyamiz shu sohadagi bir necha yillik faoliyati bois yetarlicha tajribaga ega va hozirga qadar yuzlab tengdoshlaringiz biz bilan hamkorlik qilish orqali xorijda talabalik baxtiga erishgan. Ular o‘qishga kirgan vaqtlaridan boshlab to o‘z diplomlarini qo‘lga olgunlariga qadar barcha jarayonlarda kompaniyamizning imtiyozli yordamidan foydalanib kelishadi.
Yana bir muhim jihatni ta'kidlab o‘tish o‘rinli: «Evro Consulting» nafaqat kunduzgi, balki sirtqi va masofadan turib ta'lim olish imkoniyatini ham taqdim etishi bilan ajralib turadi. Demak, quyidagi oliygohlardan birini tanlab, unda o‘zingiz istagan ta'lim shaklida (kunduzgi, kechki va masofadan turib) bilim olishingiz mumkin:
- Moskva viloyati huquq va boshqaruv institutida huquq va boshqaruv sohasining 9 ta yo‘nalishda.
- Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetida 80 dan ortiq yo‘nalishda tahsil olish mumkin. Ushbu universitet Qozog‘istondagi eng yirik OTMlardan biri hisoblanadi.
- Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti esa 24 ta yo‘nalishda malakali pedagoglarni tayyorlaydi.
- Varshava Universiteti Polshadagi eng nufuzli va obro‘li davlat universitetlaridan biri hisoblanadi.
«Evro Consulting» taqdim etayotgan xizmatlardan foydalanishning yana bir qulay jihati sizdan sanoqligina hujjatlar talab etiladi va aksariyat hujjat ishlari bilan siz uchun kompaniya xodimlari shug‘ullanadi. O‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan quyidagi telefon raqamlaringa murojaat qilishingiz mumkin.
«Evro Consulting» – orzularingiz yo‘ldoshi.
Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Sogalli-Ota ko‘chasi, «Ohang Media» MChJ Studiyasi binosi
Mo‘ljal: Roison zavodi
Telefonlar: +99891 9677147, +99890 4100202, +99890 2481410, +99899 4867157
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026