Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murojaat yechimi: Navoiy viloyat hokimligi tadbirkor muammosini hal qildi
Navoiy viloyati hokimligi KUN.UZ saytida chiqqan tanqidiy maqolaga zudlik bilan chora ko‘rdi. Viloyat hokimligi Axborot xizmatining tahririyatga ma'lum qilishicha, 8 noyabr kuni KUN.UZ saytida chiqqan “Tadbirkorga yer berilmayapti: Navoiyda prezident topshirig‘i qachon bajariladi?” sarlavhali maqolada yoritilgan masalalar zudlik bilan joyida mutasaddilar tomonidan o‘rganilgan hamda tadbirkorni qiynab kelayotgan muammo ijobiy hal etilgan.
Tahririyatga taqdim qilingan axborotda, jumladan, shunday deyiladi: “Tadbirkor G.Ergashevaning tuman hokimligiga ariza orqali qilgan murojaatiga asosan tuman hokimining joriy yil 8 noyabrdagi Q-850-sonli qaroriga asosan, unga tumanning “Beshrabot” hududidan 34-konturdagi 13,4 ga, shundan 12,8 ga ekin yeri, 0.3 ga ariq va 0.1 ga dala yer maydonlari ajratib berildi”, deya ta'kidlanadi.



Ishonch bildiramizki, muammosi hal etilgan G.Ergasheva endi berilgan imkoniyatdan to‘la foydalana oladi, KUN.UZ tahririyati esa yaqin kelajakda yosh tadbirkorning qanday natijalarga erishgani borasida alohida lavha tayyorlaydi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026