Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tolibonlar Afg‘oniston bilan tinchlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga rozi emas
«Tolibon» harakati vakillari Afg‘oniston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaraga kirishishni istashmaydi. Moskvada Afg‘oniston masalasida o‘tkazilgan maslahatlashuvda ishtirok etgan tolibonlar delegatsiyasi vakili Muhammad Abbos Stanakzay tinchlik bo‘yicha muzokaralar faqat AQSh bilan o‘tkazilishini ma'lum qildi.
«Bu konferensiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar masalasida emas», degan Stanakzay Moskvadagi uchrashuv yakunida jurnalistlarga.
«Biz Afg‘onistonning hozirgi hukumatini qonuniy deb tan olmaymiz. Shuning uchun biz ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazmaymiz. Kobul hatto bu konferensiyaga o‘z vakilini jo‘natmagan», deya qayd etgan u.
«Biz amerikaliklar bilan tinchlik muzokaralarida birinchi navbatda mamlakat hududidan xorijlik harbiylarni olib chiqib ketishni talab qilamiz», deya ma'lum qilgan Stanakzay.
Tolibonlar vakili «Moskva formati muvaffaqiyatli o‘tgani, bu uchrashuvda tolibonlar bilan hamfikr tomonlarning pozitsiyalari ma'lum bo‘lgani» haqida gapirgan.
«Biz Rossiyaga bu taklif uchun minnatdorchilik bildiramiz va umid qilamizki, bu tadbir oxirgisi bo‘lib qolmaydi», degan u.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026