Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi xalqaro ko‘rgazmada salkam 60 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Xitoyning Shanxay shahrida China International Import Expo – Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi o‘z yakuniga yetdi. Unda dunyoning 151 mamlakatidan 3,6 mingdan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Bu haqda ko‘rgazmani tashkil etish boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Sun Chenxay matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Ekspo doirasida erishilgan bir yillik savdo bitimlari miqdori 57,83 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
Intellektual va yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berish bo‘yicha bitimlar miqdori 16,5 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, xo‘jalik texnika va elektronika bo‘yicha 4,3 mlrd dollarlik, kiyim-kechak, taqinchoqlar va kunlik ehtiyoj mollari yetkazib berishga doir 3,3 mlrd, 12 mlrd dollarlik avtomobillar yetkazib berish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berishga doir 12,7 mlrd dollarlik bitimlarga erishilgan. Tibbiy anjomlar va dori-darmonlar, sog‘lomlashtirish mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha imzolangan bitimlar 5,8 mlrd dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-10 noyabr kunlari Shanxay shahrida Ⅰ Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026