Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada aviahalokat qurbonlarini qidirish amaliyoti yakunlandi
Indoneziyalik qutqaruvchilar Lion Air aviakompaniyasining halokatga uchragan samolyoti yo‘lovchilarini qidirish operatsiyalariga barham berdi. Bu haqda Indoneziya Qidiruv va qutqaruv agentlik rahbari Muhammad Sayug‘iy ma'lum qildi. Bortida 189 kishi bo‘lgan Boeing 737 Max 8 29 oktabr kuni Yava oroliga qulagan edi.
«So‘nggi kunlarda o‘tkazilgan qidiruv ishlari tahlillari natijasida shunday qarorga kelindi», - deya mulozim so‘zlarini keltiradi Detik portali. Agentlik rahbariga ko‘ra, bugungi kunda 196ta inson tanalari parchalari topilgan. Samolyot bortidagi 189 yo‘lovchidan 77 kishining shaxsi aniqlandi.
Shu bilan bir vaqtda Transportda xavfsizlikni ta'minlash qo‘mitasi rahbari Soyerjanto Tajaxono «fojia qurbonlarini qidirish ishlari yakunlanganiga qaramay, ovozyozar qurilmani qidirish ishlari to‘xtatilmaydi».
Samolyotning texnik ko‘rsatkichlarini qayd qiluvchi qora quti 1 noyabr kuni topilgan edi. Dastlabki tekshiruvlarga binoan havo kemasining tezlik ko‘rsatkichlari nosoz bo‘lgan.
Arzon parvozlar taklif etuvchi Lion Air aviakompaniyasining samolyoti Jakartadan Pankalpinang shahriga JT610 reysini amalga oshirayotgan edi. Parvozdan 13 daqiqa o‘tgach, noma'lum sabablarga ko‘ra, Yava dengiziga qulagan edi.
Mavzuga oid
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026