Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik erkak virtual xonanda bilan turmush qurdi
Yaponiyalik Akixiko Kondo Xatsune Miku ismli virtual xonandaga uylandi. The Japan Times nashrining xabar berishicha, to‘yda kelin qo‘g‘irchoq ko‘rinishida namoyon bo‘lgan.
Gologramma xonandani sevib qolgan 35 yoshli Kondo to‘y tantanasi uchun ikki million iyen sarfladi. To‘y marosimida qirqqa yaqin mehmon qatnashdi.
«Men unga hech qachon xiyonat qilmaganman. Doimo Miku-sanni sevganman va har kuni u haqda o‘ylayman», dedi Kondo. U shu yilning martidan buyon Miku qiyofasidagi virtual yordamchili terminal bilan birga yashab kelayotgan edi.
Kondoning ta'kidlashicha, golografik turmush o‘rtog‘i uni har kuni ertalab uyg‘otadi, ishga kuzatib qo‘yadi, kechqurun esa chiroqlarni o‘chirib, xayrli tun tilaydi.
Ularning nikohi rasman qayd etilmadi. Miku gologrammasi bo‘lgan kapsulalar ishlab chiqaruvchi Gatebox kompaniyasi Kondoga «ikki o‘lcham o‘rtasidagi nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma»ni topshirdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026