Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida «ogohlik kuchaytirildi»
Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegarasidagi vaziyat barqaror, kuchaytirilgan qo‘riqlash rejimi joriy qilinmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati matbuot kotibi Gulmira Borubayeva xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarada harbiylarning ogohligi oshirilgan. «Bizda vaziyatning turli o‘zgarishlariga qarshilik ko‘rsatish uchun chegarada yetarlicha kuch bor», - dedi Borubayeva.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston shimolida 8 noyabrga o‘tar tunda, Xo‘jand shahrining 16-mittitumanida joylashgan qattiq tartibdagi koloniyada mahbuslar g‘alayon ko‘tardi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qattiq tartibli koloniyada sodir bo‘lgan g‘alayon oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab mahbuslar jarohat oldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharning barcha yo‘llarida, shuningdek, qo‘shni O‘zbekiston va Qirg‘izistonga olib boradigan trassalarda kuch tuzilmalarining kuchaytirilgan postlari o‘rnatildi. Tojikiston hukumati Xo‘jandagi qamoqxonada yuz bergan g‘alayon haqida hozircha rasmiy xabar bermadi.
9 noyabr kuni koloniyadagi g‘alayon uchun mas'uliyatni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgani haqida xabarlar tarqaldi. Jangarilarning Amaq axborot agentligi, shuningdek, Tojikiston huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaga ko‘ra, So‘g‘d viloyati ma'muriy markazining 16-mittitumanida joylashgan qattiq tartibli koloniyadagi g‘alayon IShID jangarilaridan biri tomonidan uyushtirilgan.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024