Jahon | 13:52 / 12.11.2018
7998
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya OPeK tugatilishi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Folih Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK)ning ehtimoliy tugatilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Avvalroq, The Wall Street Journal nashri mamlakatda OPeKning tugatilishi qanday natijalarga olib kelishi tahlil qilinayotgani haqida xabar bergandi. 

Tadqiqot OPeKning neft bozorini barqarorlashtirishdagi rolini o‘rganishga asoslangan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, bu tashkilotning yo‘q bo‘lishi «ancha o‘zgaruvchan narx muhitini yuzaga keltiradi va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi».  
 
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday rejalar hozircha yo‘q.

«Men sizlarga ishontirib aytishim mumkinki, OPEKni tugatish borasidagi rejalar hozirgi kunda yo‘q», - dedi Xolid al-Folih ADIPEC konferensiyasida so‘zlagan nutqida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval OPeK+ qo‘mitasi 2019 yilda neft qazib olishni qisqartirishni muhokama qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid