Jamiyat | 12:33 / 13.11.2018
93909
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi institut o‘qituvchisi talabalarga qo‘l ko‘targani uchun ishdan olindi

Buxoro Muhandislik institutida oliy matematika o‘qituvchisi Muhiddinov Ramazon egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, bunga o‘qituvchi talabalarni urgani sabab bo‘ldi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda institut o‘qituvchisi talabalarni galstugi bo‘lmagani uchun kaltaklagani tasvirlangan video tarqalgandi. 

Ma'lum bo‘lishicha, voqea shu yilning martida sodir bo‘lgan.

Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Bu video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘qituvchiga chora ko‘rilgan.

Bundan tashqari, dekanga, dekan o‘rinbosari va yana ikki o‘qituvchiga hayfsan berilgan.

Bundan oldinroq Namanganda kollej o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltaklagani tasvirlangan video ham tarqalgandi.

Mavzuga oid