O‘zbekiston | 17:05 / 13.11.2018
8907
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda muqobil energiya manbalari ishlab chiqiladi

Foto: kitepower.nl

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2018-2019 yillarda Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda Xorazm viloyatida tajriba sifatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan, shuningdek xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun yangi biznes modellarini tashkil qilish asosida muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining Urganch tumanidagi “Sanoat kasb-hunar kolleji” binosi negizida innovatsion texnopark tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda innovatsion texnopark tashkil qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid