O‘zbekiston | 08:05 / 13.11.2018
2587
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

Foto: Formiche.net

2018 yilning 14 noyabr kuni Toshkent shahriga Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiya keladi.

TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan tashqi ishlar, tashqi savdo vazirliklari, investitsiya, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Italiya delegatsiyasi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ham ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid