Jahon | 13:04 / 13.11.2018
6070
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda O‘zbekistondagi elchi lavozimiga nomzod tasdiqlandi
Qirg‘iziston Jogorku Keneshining tashqi ishlar qo‘mitasi mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Ibrohim Junusov nomzodini tasdiqladi. Ushbu qaror 13 noyabr kungi qo‘mita yig‘ilishida qabul qilindi.
I. Junusov nomzodi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova tomonidan taqdim etildi.
Ibrohim Junusov 2014 yildan Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning vakolatlari muddati tugagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston O‘zbekistonga yangi elchi tayinlamoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:39 / 03.10.2024
Sadir Japarov Qirg‘izistonda yashovchi milliarderlardan yordam so‘radi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
18:44 / 02.10.2024
Qirg‘izistonning 4 ta pansionati O‘zbekistonga berildi
20:27 / 01.10.2024