Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlar uchun yo‘l belgilarini qulay joylashtirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xorijlik sayyohlar uchun yo‘l belgilarini qulay tarzda joylashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, hozirda turizmga katta e'tibor qaratilmoqda. Turizm jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Hozirda jamoat transportlari — avtobus, metro, marshrutlar va hokazolarda faqat o‘zbek tilida (ba'zan rus tilida) manzillar hamda yo‘nalishlar keltirib o‘tilgan. Bu esa chet ellik mehmonlarimizga noqulayliklar keltirib chiqarishi aniq, deyiladi murojaatda.
“Barcha yo‘nalish va manzillar nomi avvalo davlat tilida, so‘ng xalqaro tilda (masalan, ingliz tilida) aks ettirilishiga e'tibor berish kerak. Hozircha sayyohlarga qulaylik yaratish orqali ular sonini oshirish maqsadida magistral yo‘llar va tarixiy-turistik shaharlarda bu taklifni amalga oshirishi zarur”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Rossiyadan sayyohlar oqimi 1,3 barobarga oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
14:30 / 26.11.2025
Keksalar uchun turizm oyligi: O‘zbekistonda mehmonxona, transport va muzeylar uchun chegirmalar berilmoqda
18:02 / 25.11.2025