Yanvar-sentabr oylarida Özbekistonga Rossiyadan 350 ming sayyoh taşrif buyurdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,3 barobarga köp, deb xabar berdi Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadov Novosibirskda mamlakat sayyohlik salohiyatining taqdimotida.
«Joriy yilning töqqiz oyi davomida mamlakatga taşrif buyuruvçilar soni 3,9 millionga yetdi. Faqat Rossiyadan töqqiz oy içida sayyohlar soni 350 mingni taşkil qildi. Ötgan yili bu körsatkiç 270 ming edi», - deya aytib ötdi elçi.
Özbekiston delegatsiyasining ma'lumotiga köra, ötgan yil davomida respublikaga 1,9 million sayyoh taşrif buyurgan. Asadovning ta'kidlaşiça, Özbekiston Turizm qömitasi sayyohlarni jalb qiliş böyiça faol iş olib bormoqda: faqat joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 190ta yangi turoperator iş boşladi, 2017 yilda esa bu körsatkiç 128ta edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AirClad Özbekistonga mobil mini-mehmonxonalar böyiça taklif bilan çiqqani xabar berilgandi.













