Light | 00:37 / 14.11.2018
31293
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Italiyalik mashhur oshpaz Rayhon milliy taomlar tarmog‘iga tashrif buyurdi

Foto: Rayhon

Italiyalik mashhur oshpaz Antonio Del-Kusto boshchiligidagi nufuzli delegatsiya GalileoFerraris  instituti loyihasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Rayhon milliy taomlar tarmoqlaridan birida bo‘ldi. Tashrif O‘zbekistonda Italiya turizmi haftaligi doirasida amalga oshirildi. 

Foto: Rayhon
Foto: Rayhon
Foto: Rayhon
Foto: Rayhon

Oshpaz va uning shogirdlari hamda qolgan mehmonlar Rayhon tarmoqlaridagi o‘zbek milliy taomlar mazasini tatib ko‘rib, ularni yuqori baholashdi. Mehmonlar, o‘z o‘rnida, Italiya milliy taomlariga doir mahorat darsini o‘tkazishdi. Haqiqiy italyancha spagetti Rayhon xodimlariga juda manzur bo‘ldi. Ushbu mahorat darsi tarmoq oshpazlariga taom tayyorlashning yangicha texnologiyasini o‘zlashtirish imkonini berdi. 

Foto: Rayhon
Foto: Rayhon
Foto: Rayhon

Antonio Rayhon xodimlariga o‘zining “Filosofia del Custo” nomli mualliflik kitobini avtografi bilan sovg‘a qildi. Rayhon vakillari ham italiyalik mehmonlarga milliy suvenir mahsulotlarini taqdim etishdi. 

Foto: Rayhon

Italiyalik mehmonlar Rayhon xodimlari bilan xayrlashishar ekan, ularni Italiyaga taklif qilishdi. 

Foto: Rayhon
Foto: Rayhon

Ma'lumot uchun: GalileoFerraris Italiyaning turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlovchi yetakchi maktabi hisoblanadi. Unda taom tayyorlash bilan birga, mehmonxonalardagi xizmatlarni takomillashtirishga oid bilimlar beriladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid