Sport | 19:10 / 14.11.2018
5903
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona: «Messi haqida yomon gapirmaganman»

Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona vatandoshi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Leo – mening do‘stim, ular haqida omma oldida ochiq gapirmayman. Agar e'tirozim bo‘lsa uning yuziga aytar edim, intervyuda emas. U – iqtidor, ammo o‘yindan oldin 20 marta vannaga kirib chiqadigan futbolchilar ham bor. Biroq, albatta ular haqida gapirmaganman.  

Messi bilan munosabatlarimiz yaxshi, ammo u bilan juda ko‘p vaqtdan beri uchrashmadim», - dedi Maradona.

Avvalroq, Maradona Messi haqida fikr bildirib, «O‘yindan oldin 20 marta vannaga kiradigan odamdan yetakchi bo‘lishni talab qilish befoyda», degan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid