Light | 19:16 / 14.11.2018
12424
2 daqiqa o‘qiladi

Psixologlar: Ijtimoiy tarmoqlar odamlar psixikasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib vaqtni o‘tkazish nafaqat vaqtni ketkazish, balki psixika uchun xavfli mashg‘ulot hamdir. Zero portallar turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin, masalan, inson xavotirlanib, yolg‘izlikni kuchliroq his qila boshlaydi, deyiladi med-heal.ru saytida.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘ruvchi kishilar o‘zini yetarlicha baholay olmaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, hatto sog‘lom odamda ham mental salomatlik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Depressiv holatga moyilligi bo‘lgan inson uchun esa bu haqiqiy muammodir. 

“Bugun biz g‘aroyib paradoksni kuzatyapmiz: aslida odamlarni birlashtirishi kerak bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar ularni juda yolg‘iz va baxtsiz qilmoqda. Bu masalani batafsilroq o‘rganish kerak, albatta, biroq ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta'sirini bugunning o‘zida ham ko‘rish mumkin”, - deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Pensilvaniya universiteti olimi Melissa Xant.

Mavzuga oid