Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Brexit’ning «og‘ir ssenariysi»ga tayyorlanmoqda
Fransiya transport vaziri Elizabet Bornning xabar berishicha, mamlakat rahbariyati o‘z bojxona, shuningdek, sanitar xizmatlarini Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha «qattiq ssenariy» sharoitida ishlashga tayyorlamoqda. Bu haqda TASS mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar berdi.
«Biz tayyorlanmoqdamiz. Bugungi kunda angliyalik va yevropalik muzokarachilar qandaydir kelishuvni topishdi, biroq biz ko‘rmoqdamizki: u ma'qullanishi va Buyuk Britaniyada bu kelishuvni qabul qilish zarur bo‘ladigan ko‘pchilik yuzaga kelishiga oid hech qanday ishonch yo‘q», - dedi Born.
Uning qayd etishicha, Fransiya La-Mansh qirg‘oqlarida Buyuk Britaniya bilan chegara o‘tish joylarida bojxona va sanitariya nazorat punktlarini tezkorlik bilan joylashtirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brexit haqidagi xabarlar fonida funt sterling qulagandi.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026