Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda kuchli qor. Shahar falaj holatda
Foto: REUTERS/Brendan McDermid
Nyu-Yorkdagi yer usti transporti ishi kuchli qor yog‘ishi tufayli falaj holatga keldi. Bu haqda Nyu-York va Nyu-Jyersi havo hamda dengiz portlari boshqarmasidan xabar berishgan.
Yomon ob-havo sababli avtobuslar qatnovi jadvalida uzilishlar yuz bergan, bu, o‘z navbatida, yo‘lovchilarning yopib qo‘yilgan avtobus terminalida to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.
Manxettenning ko‘plab ko‘chalarida transport harakati qiyinlashdi. Qor tozalash texnikalari yog‘ingarchilik oqibatlari bilan kurasha olmayapti. Kommunal xizmatlar shaharga texnik tuz sepishni boshlagan.
RIA Novosti ma'lumotiga ko‘ra, yomon ob-havo taksilar narxining oshishiga olib keldi. Uber servisida 2,6 km masofaga safar narxi qor yog‘ishiga qadar 18 dollar bo‘lgan bo‘lsa, kuchli qor paytida 48 dollarga yetdi.




Mavzuga oid
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026