O‘zbekiston | 15:33 / 17.11.2018
14710
1 daqiqa o‘qiladi

Advokatlar palatasiga rais saylandi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Advokatlar palatasining Konferentsiyasida Toshkent shahar “BONA-FIDES” advokatlik firmasi advokati Olim Qodirovich Ernazarov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.

O. Ernazarov turli yillarda Davlat suv qurilish qo‘mitasi, “O‘zagroinform” ishlab chiqarish birlashmasi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida qator mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan.

2004 yildan bugungi kunga qadar advokat sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Advokatlar palatasining Konferentsiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid