Murojaatlarda advokat bölişni niyat qilib, tegişli hujjatlarni Özbekiston Respublikasi advokatlar palatasiga taqdim etgan köplab fuqarolar litsenziya oliş uçun malaka komissiyasi imtihonidan ötkazilmayotganidan norozilik bildiriladi.

Ana şunday murojaatlardan birida quyidagi sözlar keltiriladi:

«Advokatlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziya olişga talabgorlar imtihon topşirişda bir qator muammolarga duç kelişmoqda. Uç oy oldin litsenziya oliş uçun imtihon topşirişga ariza va hujjatlarimizni taqdim etgandik. Palataning hududiy boşqarmasi huzuridagi Malaka komissiyadan sörasak, «Toşkent ruxsat bermayotgani»ni aytişmoqda.

Hozir advokatura sohasida islohotlarni amalga oşiriş jarayonida talabgorlarning litsenziya olişi uçun imtihon qilişni bir neça oylar davomida töxtatib qöyiş töğrimi?

Talabgor hali imtihon topşira olmayapti, imtihon topşirgandan keyin esa litsenziya oliş uçun yana bir oy vaqt kerak, litsenziya oldi degani bu advokat böldi, degani emas. Lisenziya olgandan keyin qasamyod qilişi va guvohnoma oliş uçun Palataning hududiy Malaka komissiyasi yana Toşkentdan ruxsat olişini kutiş kerak.

Şu vaqt içida bu talabgorlar qayerdan kun köradi, oilasini kim boqadi, buni birov öylayotgani ham yöq.

Ba'zida öz mijozining himoyasiga otlangan advokatlar boşqa idoralarning harakat (harakatsizlik)laridan norozi böladi: masalalarni vaqtida hal qilmaslik, byurokratiya, sansolarlik va hokazo deb. Ammo şu tizimning normal faoliyat yuritişini ta'minlaş uçun mas'ul idora – Özbekiston Respublikasi advokatlar palatasining özi zamon bilan hamnafas iş körsa, mavjud vaziyatga moslaşsa, faqat özining halovatini öylamasdan biz kabi talabgorlarning ham dardini öz tanalarida xis qilib körsa maqsadga muvofiq bölar edi. 

Hududiy komissiyalarda hal qilinişi kerak bölgan masalalar yiğilib qolgan, lekin Toşkent ruxsat bermagani uçun hal qila olmayapti, ular bilan birovning işi yöq. Içida litsenziya olgan-u, faoliyatini boşlay olmay yurgani ham bor, faqat qasamyod qilib, guvohnoma olişini kutib yurganlar ham talaygina. Eng qiziği, Palataning bu muammolardan xabari bor.

Bu yerda faqat birgina masalani hal qiliş yetarli: Malaka komissiyasi öz işini karantin qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga amal qilib taşkil etsa bas.

Endi şuni ham muammo qilib ruxsat bermaslik kerakmi?

Bu bölajak advokatlarga hali faoliyatini boşlamasidanoq tösqinlik qiliş, ularga muammolar tuğdiriş emasmi?