Yangi tahrirdagi “Advokatning kasb etikasi qoidalari” loyihasi advokatlar va jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölarkan, kun tartibidan töliq çiqarib taşlandi. Bu haqda yangi tahrirdagi kasb etika qoidalarini işlab çiqiş uçun tuzilgan işçi guruh a’zosi Muhiddin Rahimov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
“Keça, 1 noyabr kuni Advokatlar palatasida işçi guruhining alohida yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda “Advokatning kasb etikasi qoidalari”ning yangi tahrirdagi loyihasi hamda taftiş komissiyasining Nizomi kabi hujjatlarni yangi tahrirda qabul qiliş maqsadga muvofiq emas deb topildi”, – dedi advokat.
Muhiddin Rahimov, şuningdek, Kun.uz muxbirining: “Palata advokatlar huquqlarini himoya qiluvçi organ bölsa, nega ularning söz va fikr erkinligini çeklovçi loyihani taklif qildi”, degan savoliga javob berdi.
“Buni (loyihani) biz işlab çiqmaganmiz. Uning qayerdan kelganini heç kim bilmaydi, masalan, şaxsan men bilmayman. Ba’zilar adliyadan keldi, deyişdi, ba’zilar rahbariyatdan deyapti, lekin şaxsan menga uning qayerdan kelgani qoronği.
Menimça, kun tartibidan olingan işni yana kovlaş maqsadli emas. Uning ijodkori kim, muallifi kim – suriştirib nima qilasiz. Loyiha kun tartibidan olindi, mana şu asosiysi”, – dedi işçi guruh a’zosi.
Eslatib ötamiz, loyihaning 55-moddasida quyidagiça tartibni belgilaş taklif etilgandi:
“Advokat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning mansabdor şaxslarini muhokama qilmaslik, ularga nisbatan axloqqa zid iboralarni işlatmaslik, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmasligi lozim”.








