Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgaradimi?
O‘zbekistonda nikoh yoshi o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova ma'lum qildi.
O‘zA’ning yozishicha, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘zbekistonda aholining 98% oilalarda istiqomat qilishi va 7 milliondan ortiq oilalar mavjudligini aytgan. Oilalarning buzilishining birlamchi sababi esa moddiy qiyinchiliklar emas. Oiladagi tarbiya, ikki yoshning axloqi nikohning mustahkamligiga ko‘proq ta'sir etadi.
Nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha esa xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita raisi o‘rinbosarining aytishicha, nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etilgan. Biroq, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba'zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 yosh etib belgilangan.
Mavzuga oid
20:39 / 28.03.2026
Kamida 21 yoshga to‘lganda nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi
11:19 / 27.03.2026
Ajrim uchun yarashtirish muddati bir yilgacha uzaytirilishi mumkin
15:29 / 18.12.2025
Nikohlar statistikasi: sentabrda eng ko‘p nikoh qayd etildi
11:28 / 22.07.2024