Sönggi kunlarda töy marosimi va nikoh masalalari yuzasidan jiddiy munozaralar, qizğin bahslar olib borilmoqda. Tabiiyki, har bir taraf özining erkin fikri va dalillarini keltirib, sözlarining haqiqatga mos ekanini da'vo qiladi. Ana şunday ijtimoiy masalalardan biri bu nikoh yoşining belgilanişiga borib taqaladi. Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasida esa şunday deyilgan: «Nikoh yoşi erkaklar uçun 18 yoş, ayollar uçun 17 yoş etib belgilanadi. Uzrli sabablar bölganida, alohida hollarda nikohga kirişni xohlovçilarning iltimosiga köra nikoh davlat röyxatidan ötkaziladigan joydagi tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan bir yilga kamaytirişi mumkin».
«Nikoh yoşini belgilaşda har bir davlat öz milliy şart-şaroiti, hududiy öziga xosligi, aholining nikohga munosabati va reproduktiv holatidan kelib çiqib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, tarixiy-milliy an'analariga muvofiq ravişda iş yuritadi hamda bu qonun va qonunosti hujjatlarida özining huquqiy aksini topadi. Aksariyat davlatlarda nikoh yoşini yigit va qiz uçun bir xil etib belgilaş maqsadga muvofiq, deb hisoblanar ekan», — deydi bu borada xalqaro tajribani örgangan olima, psixologiya fanlari doktori Vasila Karimova.
Şuningdek, yana bir boşqa hujjatda «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonun hujjatining 3-moddasida ta'kidlanganidek, 18 yoşga tölgunga qadar bölgan şaxslarning barçasi bola hisoblanadi. Ma'lum böladiki, milliy qonunçiligimizning özida belgilangan normalar qizlar orasida tez-tez kuzatiladigan majburiy, erta va kelişilgan nikohlarning asl kelib çiqişi omiliga işora qiladi.
Belgilangan tartiblar, qizlarning turmuşga çiqişdagi eng minimal yoş çegarasi Xotin-qizlar qömitasining ayol va qizlarni ijtimoiy himoya qiliş borasidagi barça talablarini qondiradimi?
«Kun.uz» muxbiri şunday savol bilan qömita mutasaddi vakiliga yuzlandi.
«Albatta, Xotin-qizlar qömitasi bu masalaga jiddiy e'tibor qaratadi hamda belgilangan normadan qanoatlanmaydi, biz nikoh yoşining ön yetti yoş etib belgilanişiga qarşimiz. Bundan avval nikoh holati qayd etişga monelik qiluvçi vaziyat mavjud edi, ya'ni majburiy 12 yillik ta'lim tizimini nazarda tutmoqdaman. Endilikda ta'lim tizimida joriy qilingan 11 yillik maktab ta'lim tizimi mantiqan nikoh holatini qayd etişga tösqinlik qilmaydi. Şunday ekan, Xotin-qizlar qömitasi vakillari Oliy Majlis Qonunuçilik palatasida qizlarning nikoh yoşini oşiriş masalasini körib çiqiş taşabbusi bilan çiqmoqda», - deydi Qömita axborot xizmati rahbari Nilufar Abbosxonova.
Qizlar orasida kuzatilayotgan erta nikoh holatining paydo bölişiga qonunan ruxsat beriş yoki uning yoş çegarasini oşirib, qat'iy qilib belgilaş böyiça amaliy çoralar körilmagan, mutasaddining sözlariga köra, ayni damda uşbu taşabbus yuzasidan qonun loyihasini tuzib çiqiş ustida işlar olib borilmoqda.
















