Nikoh va oila munosabatlarini yanada tartibga soliş, oilani saqlab qoliş hamda bolalar huquqlarini kuçliroq himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqildi.
Hujjatga köra, amaldagi tartibda sud tomonidan belgilanadigan yaraştiriş muddatini 6 oydan 1 yilgaça uzaytiriş taklif etilmoqda. Bu esa ajrim qarorini qabul qilişdan oldin oilani saqlab qoliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, qonun loyihasida nikoh şartnomasi şartlarini erkin tanlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, idoralararo elektron hamkorlikni joriy etiş ham nazarda tutilgan. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari orqali nikohni bekor qilişda oilaning haqiqiy holatini çuqur örganişga alohida e’tibor qaratilişi belgilanmoqda.
Loyihada yana bir muhim yangilik — voyaga yetmagan bolalar uçun aliment miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bölmasligi belgilaş taklif qilinmoqda. Şu bilan birga, aliment tölovlari bola nomiga oçilgan bank hisobvarağida jamlanişi va uning sarflanişi ustidan nazorat kuçaytirilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, nikohdan ajratilgandan söng bolalarning qaysi ota-ona bilan yaşaşi, ularning manfaatlarini ustuvor ta’minlaş, şuningdek, alohida yaşayotgan ota-onaning farzand bilan muloqot tartibini belgilaş kabi masalalarga ham aniqlik kiritilmoqda.












