Jahon | 21:11 / 19.11.2018
5907
2 daqiqa o‘qiladi

Adabiyot bo‘yicha yangi Nobel qo‘mitasi tashkil etildi

Shved akademiyasi Nobel mukofoti bilan birgalikda adabiyot bo‘yicha yangi Nobel qo‘mitasi tashkil etishga qaror qildi. 

Yangi qo‘mita 5 a'zo: yozuvchilar Per Vestberg (rais) va Anders Ulsson, tarixchi Xoras Engdal, shoirlar Kristina Luga va Yyesper Svenba hamda qo‘mitaga kirmaydigan 5 mutaxassis, jumladan noshirlar va tanqidchilardan iborat bo‘ladi.

Qo‘mita o‘z ishini 2019 yil 1 fevraldan boshlaydi.

Joriy Nobel mukofoti taqdimotida adabiyot bo‘yicha mukofot sovrindori nomi e'lon qilinmadi. Ehtimol bu sovrindor nomi 2019 yilda ma'lum qilinishi mumkin. Shved akademiyasi a'zolari soni kamayib ketib, butun dunyoda unga ishonch pasaygani sababli mukofotni topshirishni boshqa sanaga ko‘chirishga qaror qilingan.

Qoidalarga ko‘ra, akademiyaga yangi a'zolarni qabul qilish uchun 12 kishidan iborat kvorum talab etiladi, biroq amaliyotda akademiyadagi bir qator mojarolardan keyin 11 adabiyotchi qolgan. Adabiyot bo‘yicha sovrindorning bunday kam sondagi a'zolar bilan tanlanishi bahsga olib kelishi mumkin bo‘lgan.

Shved akademiyasiga shved tili va adabiyotini rivojlantirish uchun 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan asos solingan. Uning tarkibiga 18 a'zo saylanadi va yaqin kunlargacha akademiyada a'zolik umrbod bo‘lgandi. Biroq 2 may kuni qirol Karl XVI Gustav akademiyani o‘z istagi bilan tark etish mumkin bo‘lishi uchun uning nizomini o‘zgartirgan.

Shved akademiyasidagi mojarolar unga ishonchning kamayishiga olib kelgan va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti nufuziga putur yetkazgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid