Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Sirdaryoda fermerlar qasamyod qabul qilishdi
Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida o‘tgan hafta fermerlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Sirdaryo haqiqati» gazetasi yozmoqda.
Xususan, Guliston shahri hokimligi qarshisidagi maydonda «Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, «shunday g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi».
Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etishgan.
Eslatilishicha, prezident farmoni bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Qishloq xo‘jalik xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Mavzuga oid
00:19 / 05.07.2026
Sirdaryodagi har ikkinchi baliq tanasida mikroplastik borligi aniqlandi
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
09:00 / 28.06.2026