Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston yangilik saytlari bloklangani uchun tanqid ostiga olindi
Foto: Pinterest
«Chegara bilmas muxbirlar» (Reporters Without Borders) xalqaro tashkiloti Tojikiston hukumatini yangiliklar saytlari bloklab qo‘yilgani uchun tanqid qildi.
Tojikiston rasmiylari mamlakatdagi norozilik namoyishlariga javoban ko‘p hollarda internet-senzuradan foydalanadi va saytlarni bloklaydi, deyiladi «Tojikiston internet-senzuraning Xitoy modelini qo‘llamoqda» (Tajikistan turns to Chinese model of large-scale Internet censorship) hisobotida, u 15 noyabr kuni e'lon qilindi.
6 noyabr kuni Xorog aholisi militsiya xodimlarining xatti-harakati va kuch tuzilmalarining qo‘shimcha bo‘linmalari mavjudligiga qarshi mitingga chiqishgach, yangiliklar saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoni to‘sib qo‘yildi.
Hukumat tomonidan «Aziya-plyus» yangiliklar sayti, YouTube va Facebook, Rossiyaning «VKontakte» hamda «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari va WhatsApp hamda Telegram kabi messenjerlar bloklandi, deyiladi hisobotda. «Veb-sayt bloklanganiga qarshi Virtual Private Network filtrlaridan foydalanadigan ko‘plab internet-foydalanuvchilari VPN ham bloklanganini bildirishdi».
«Keng ko‘lamli internet-senzura va bloklashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, - dedi «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yoxann Bir. - Tojikiston hukumati senzura turli mish-mishlar tarqatilishiga hissa qo‘shishini tushunishi kerak. Xalqaro hamjamiyat internet-filtrlashning Xitoy modelidan foydalanmasligi zarur».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Tojikistondan 2012 yilgi voqealar bo‘yicha hisobot talab qilgandi.
Mavzuga oid
15:11 / 04.12.2025
AQSh H-1B vizasiga nomzodlarni LinkedIn orqali “senzura filtri”dan o‘tkazadi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
20:58 / 24.09.2025