AQŞ Davlat departamenti Yevropada va boşqa mamlakatlardagi aholiga öz hukumatlari tomonidan bloklangan kontentga kiriş imkonini beruvçi onlayn-portal ustida işlamoqda. Bu haqda payşanba, 19 fevral kuni Reuters agentligi uç manbaga tayanib xabar berdi. Agentlik suhbatdoşlarining aytişiça, gap “nafrat tili” va “terrorizm tarğiboti” sifatida tasniflanadigan materiallarga kiriş haqida ham ketmoqda. Vaşington bu qadamni senzuraga qarşi kuraşiş usuli sifatida körib çiqmoqda.

Sayt freedom.gov manzilida joylaştiriladi. Reuters manbalaridan biri aniqlaştirişiça, trafikni Amerikadan ketayapti deb “niqoblaş” imkonini beradigan VPN funksiyasini joriy etiş muhokama qilinmoqda, şu bilan birga, foydalanuvçilar faoliyati kuzatilmasligi aytilmoqda. Ayni paytda saytda quyidagi anons turibdi: «Erkinlik yaqinlaşmoqda. Axborot — kuç. Söz erkinligiga bölgan inson huquqingizni qayta qölga kiriting».

Loyihani AQŞ davlat kotibining örinbosari Sara Rojyers nazorat qilmoqda. Platformaning taqdimoti ötgan hafta Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bölişi kutilgan, ammo u qoldirilgan. Keçikiş sabablari aniq emas, biroq Davlat departamentining ayrim xodimlari, jumladan yuristlar, taşabbus yuzasidan xavotir bildirmoqda.

Ularning fikriça, portal işga tuşirilişi AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining an’anaviy yevropalik ittifoqçilari bilan munosabatlarini yanada keskinlaştirişi mumkin. Bu munosabatlar allaqaçon savdo mojarolari, Ukrainadagi uruş va AQŞning Grenlandiya ustidan nazorat örnatişga urinişlari sababli oson davrni boşdan keçirayotgani yöq. Yuristlar fikriça, Vaşington amalda boşqa mamlakatlar fuqarolarini mahalliy qonunlarni buzişga rağbatlantirayotganday holatga tuşib qoliş xavfiga ega.

Davlat departamentining rasmiy vakili Reuters'ga izohda Yevropaga xos senzurani aylanib ötiş dasturi mavjudligini inkor etdi, biroq qöşimça qildi: «Raqamli erkinlik ustuvor yönaliş hisoblanadi, va bu VPN kabi maxfiylik texnologiyalarini hamda senzurani aylanib ötiş vositalarini tarqatişni öz içiga oladi». U portal anonsi keçikkani va yuristlar e’tiroz bildirgani haqidagi ma’lumotni ham rad etdi.

Tramp ma’muriyati taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida, ayniqsa konservativ qaraşlarni ifoda etuvçi ovozlarning “söz erkinligi”ni himoya qilişni belgilagan. Yevropada esa bu masalaga yondaşuv boşqaça: YeIda söz erkinligiga doir çeklovlar ekstremistik tarğibot — natsizmni qöllab-quvvatlagan ğoyalar qayta tarqalişining oldini oliş, şuningdek yahudiylar, muhojirlar va kamsonli guruhlarni qoralaşni töxtatiş istagi bilan kuçaytirilgan.