AQŞ Davlat departamenti 2 dekabr kuni konsulliklar xodimlariga maxsus yozuv yuborib, H-1B işçi vizasiga ariza beruvçilarning rezyumelari va LinkedIn’dagi profillarini tekşirişni va söz erkinligiga nisbatan senzura qöllaşda iştirok etganlarga viza bermaslikni talab qildi. Bu haqda 4 dekabr, payşanba kuni Reuters agentligi hujjat bilan taniş manbalarga tayanib xabar berdi.
Yangi tartib barça turdagi işçi vizalarga taalluqli, biroq Davlat departamenti alohida e’tiborni aynan H-1B vizasiga qaratgan — çunki bu viza turi texnologiya sohasida juda talabgir. Endi AQŞ diplomatik vakolatxonalari viza uçun talabgor quyidagi yönalişlarda faoliyat yuritgan-yuritmaganini aniqlaşga harakat qiladi: dezinformatsiya tarqatiş, kontent moderatsiyasi, faktçeking (ma’lumotni tekşiriş) yoki internet xavfsizligini ta’minlaş.
Şuningdek, faqat arizaçining özi emas, balki AQŞga birga köçib ötişni istagan oila a’zolarining ham LinkedIn sahifalari tekşiriladi.
«Agar siz nomzod AQŞda himoya qilinadigan söz erkinligi şakllarini senzura qiliş yoki senzura qilişga uriniş uçun javobgar bölgani yoki şunga aloqador bölgani haqida dalillar topsangiz, öşa arizaçini viza olişga huquqsiz deb topişingiz kerak», — deyiladi yozuv matnida.
H-1B işçi vizasi yuqori malakali mutaxassislar uçun möljallangan: unga faqat AQŞ kompaniyasidan iş taklifi olgan tor yönalişdagi mutaxassislar da’vogar bölişi mumkin. Oldin kompaniyalar kerakli xorijlik mutaxassislar uçun ariza berişga taxminan 1,5 ming dollar sarflar edi, sentabr oyida esa uşbu yiğim 100 ming dollargaça kötarildi.
«Kompaniya şu odam hukumatga yiliga 100 000 dollar tölaşga arziydimi yoki u uyiga qaytişi, uning örniga esa amerikalikni yollaş kerakmi, degan qarorga kelişi şart», — deya izoh bergan edi AQŞ savdo vaziri Hovard Lyutnik yiğim oşirilişiga.
Reuters agentligi ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp imzolagan mazkur farmon Vaşington va Nyu-Dehli örtasidagi munosabatlarga jiddiy zarba berişi mumkin — çunki 2024 yilda H-1B dasturi doirasida ma’qullangan arizalarning 71 foizi hindistonlik fuqarolar hissasiga töğri kelgan.
Tramp 2025 yil yanvarda Oq uyga qaytganidan beri AQŞ idoralari bir neça bor Yevropa davlatlarini senzura va söz erkinligini buzişda aybladi. Fevral oyida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida (MSC) mamlakat vitse-prezidenti Jyeyms Devid (Jyey Di) Vens şunday tanqid bilan çiqiş qilgan edi. Iyul oyida esa Davlat departamenti YeIda qabul qilingan raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunni (Digital Services Act, DSA) «Oruel uslubidagi» senzuraga qiyosladi. U, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga soladi va, masalan, dezinformatsiyaga qarşi çora körişni majburiy qiladi.













