Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Tojikistondan 2012 yilgi voqealar bo‘yicha hisobot talab qildi
Joriy yil 9 noyabrida BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Tojikiston tomonidan fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt bajarilishi bo‘yicha oltinchi davriy hisobotiga doir savollar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqda Tojikistonda siyosiy mahbuslarni himoya qilish bo‘yicha fuqarolik qo‘mitasi axborot sayti xabar bermoqda.
BMT qo‘mitasi 2012 yil iyul oyida Xorog shahrida tartibni ta'minlash bo‘yicha o‘tkazilgan harbiy amaliyot vaqtida oddiy fuqarolar orasida qayd etilgan o‘lim va jarohatlanish holatlarini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotni, jumladan, sud jarayonlari va aybdor shaxslarga nisbatan keyingi hukmlar, shuningdek, qurbonlar hamda ularning oilalariga tovon puli berish borasida aniq axborot taqdim etishni so‘radi.
Bundan tashqari, qo‘mita Tojikiston hukumatidan Paktning 4-moddasiga muvofiq sud qarorisiz mobil aloqa va internetga kirish xizmatlarini taqiqlashni nazarda tutuvchi, «Favqulodda holatning huquqiy rejimi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar bo‘yicha ma'lumot berishni so‘radi.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
11:07 / 10.07.2026