O‘zbekiston | 12:22 / 20.11.2018
3719
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Bryusselga tashrif buyuradi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 21-24 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Bryussel shahrida bo‘ladi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» Hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida, «Yevroittifoq – Markaziy Osiyo» mintaqalararo uchrashuvida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Bryussel shahrida YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy komissari Federika Mogerini, YeIga raislik qilayotgan Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knyaysel, Belgiya tashqi ishlar vaziri Dide Reynders va boshqa rasmiy shaxslar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid