Jahon | 21:49 / 20.11.2018
13493
2 daqiqa o‘qiladi

Bebkok-Rench - to‘liq quyosh energiyasi hisobiga kun ko‘ruvchi ekoshahar 

Foto: babcockranch.com

Bebkok-Rench — to‘liq quyosh energiyasi hisobiga kun ko‘ruvchi birinchi shahar. U Floridada joylashgan.

Shahardagi 20 ming uyning bari quyosh panellaridan energiya oladi. Shahar xizmatlari ishchilari ko‘chalarda elektromobillarda harakatlanishadi. Aholi elektron mikroavtobuslardan foydalanadi, bu mikroavtobuslar avtomatik ravishda piyodalarga yo‘l beradi. 

2018 yilning yanvaridan shaharga odamlar ko‘chib kela boshlagan.

AQShda “quyoshli shahar”ni qurishning o‘zi bo‘lmagan. Odamlar energiyaga sarflanadigan xarajatlar haddan tashqari yuqori bo‘lishidan cho‘chishgan edi, lekin ularning xavotiri asossiz bo‘lib chiqdi. 

Shahar asoschilari 20 yilda Bebkok-Rench aholisi 50 ming kishiga yetishiga umid qilishmoqda. Ko‘l bo‘yidagi ikki yotoqxonali va ish kabinetiga ega birinchi uy pensionerlar juftligiga 460 ming dollarga sotilgan. Biroq shahardagi uylarning o‘rtacha narxi pastroq – 180 ming dollardan boshlanadi. 

Shaharcha qurilishi sobiq futbolchi Sid Kitsonga tegishli Kitson & Partners kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Texnologik infratuzilma IBM bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. 

Mavzuga oid