Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol mashmashasi. Kreml AQShni bosimda aybladi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh senatorlarini Interpol rahbari saylovlariga bosim o‘tkazish va qo‘pol aralashuvda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Amerikalik senatorlar Interpol rahbari lavozimi uchun rossiyalik Aleksandr Prokopchuk nomzodiga qarshi chiqishdi.

«Aftidan, bu saylov jarayoniga, xalqaro tashkilotdagi saylovlarga aralashuvning o‘ziga xos bir turi. Buni yana qanday baholash mumkin? Bu aniq ko‘rinmoqda», - dedi Peskov.
Shu bilan birga, u saylov natijalarini kutishga chaqirdi, ammo senatorlarning chiqishini bosim deb tan oldi.
Interpol yangi rahbari saylovlari 18-21 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot bosh assambleyasining sessiyasi doirasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalikning yagona raqobatchisi sifatida Janubiy Koreya fuqarosi, hozirda Interpol rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan Kim Chen Yang ko‘rsatilgandi. Shu bilan birga, JAR ham tashkilot rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi istisno etilmayapti.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026