Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoshiqchi ishi. Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum bo‘lishi mumkin
Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining a'zolari shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud taxtga chiqishiga qarshilik bildirishmoqda. Bu jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tufayli yuz beryapti. Bu haqda Reuters agentligi seshanba kuni podshohlik saroyiga yaqin uch manbaga tayanib xabar qildi.
Ularning ma'lumotiga ko‘ra, o‘nlab shahzodalar va boshqa qarindoshlar valiahd shahzoda taxtga chiqishiga qarshilik bildirishmoqda. Ular shahzodaning otasi - 82 yoshli podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tirikligida buni qilishmaydi.
Manbalardan birining aytishicha, podshohlik oilasi podshoh Salmonning yagona ukasi - shahzoda Ahmadni qo‘llab-quvvatlash niyatida. AQSh yuqori martabali mulozimlari ham voris sifatida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashgan, deya aytib o‘tishdi manbalar.
Ularning ma'lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda valiahd shahzodaga munosabat nafaqat jurnalistning o‘ldirilishiga aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar, balki Muhammad bin Salmonning Rossiyadan qurol sotib olish masalasi bo‘yicha pozitsiyasi tufayli ham o‘zgargan. Valiahd shahzodaning podshohlik Mudofaa vazirligiga 15 mayda yuborilgan maktubida aytilishicha, «Rossiyadan qurol, jumladan, S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olishga e'tibor qaratish kerak».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRB Qoshiqchini o‘ldirishga kim buyurtma berganini aniqlagandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026