AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB)ning aniqlaşiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçini öldiriş haqida buyruq bergan. Bu haqda The Washington Post gazetasi işdan xabardor manbalarga asosan ma'lum qilmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Markaziy razvedka boşqarmasi Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi akasi, mamlakatning AQŞdagi elçisi bölgan Xolid bin Salmonning Qoşiqçi bilan telefon orqali muloqotini tutib olgan. Xolid jurnalistga nikoh quriş uçun Istanbuldagi Saudiya elçixonasiga boriş va tegişli hujjatlarni oliş kerakligini aytgan. Şu bilan birga, u Qoşiqçini taşrif xavfsiz ötişiga işontirgan, deya aytib ötişdi gazetaga manbalar.

The Washington Post Xolid elçixonada jurnalistni öldiriş rejalaştirilganini bilgani yoki bilmagani borasida aniq ma'lumotga ega emas. Biroq, bildirilişiça, Saudiyaning AQŞdagi elçisi ukasi topşiriğiga binoan telefon qönğiroğini amalga oşirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Boş prokuraturasi jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi böyiça iş yuzasidan beş nafar şaxsga ölim jazosini talab qilgandi.