Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov afsonaviy bokschining taklifini rad etdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 49 yoshli bokschi Roy Jons bilan jang qilishdan bosh tortdi.
Avvalroq Jons mo‘maygina haq uchun Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyorligini aytgandi.
“Men sen bilan urishmayman, og‘am”, deb aytgan Nurmagomedov Jonsga u bilan o‘tgan videosuhbatda.
Nurmagomedov avvalroq unga raqiblar sifatida Konor MakGregor yoki Floyd Meyvezer qiziq ekanini aytgandi. Jumladan, Xabib Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini bildirgan. UFC prezidenti Dana Uayt esa Xabib va Meyvezer o‘rtasidagi jang MMA qoidalari bo‘yicha o‘tishi kerakligini aytmoqda.
Roy Jons amerikalik mashhur bokschi bo‘lib, bir nechta vazn toifasida jahon chempioni kamarlarini qo‘lga kiritgan. U boks haqida yozuvchi nufuzli nashrlardan biri “Ring” tomonidan 1990-yillarda “o‘n yillik bokschisi” deb atalgan.
Mavzuga oid
19:36 / 22.09.2025
Bokschi o‘n yillar oldin qo‘lga kiritgan medalini o‘zini adolatli tarzda mag‘lub etgan raqibiga qaytardi
18:44 / 04.12.2020
Tashkilotchilar Mayk Tayson–Roy Jons jangidan qancha daromad olishgani ma'lum qilindi
12:21 / 29.11.2020
Afsonalar jangi: Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jangda g‘olib aniqlanmadi
16:28 / 31.10.2020