“Afsonalar jangi” deb nom olgan jang Los-Anjyelesdagi Staples Center arenasida bölib ötdi. WBC uşbu jang ğolibi uçun yangi maxsus kamar Frontline Battle Heavyweight tayyorlab qöygandi. 

Boksçilarning yoşi kattaligini hisobga olib, 2 daqiqadan 8 raundlik jang taşkillaştirilgan. Ikkala boksçi ham jang uçun 10 mln dollardan haq olgan.

Boksçilar jangning birinçi raundidanoq bir-biri bilan zarbalar almaşa boşlagan, biroq ulardan heç biri ikkinçisiga jiddiy zarba bera olmagan. Ikkinçi raunddan esa boksçilar asosan klinçga kira boşlaşgan.

Raundlar ötgan sari boksçilarning toliqqani sezila boşlagan. “Temir” Mayk ora-orada tezkor hujumlar uyuştirişga, Jons esa köproq klinçga kirişga harakat qilgan. Ta'kidlab ötiş joiz, jangçilar yoşlari uçun ança keskin harakat qilişgan.

Oxir-oqibat ikkala boksçi ham 8 raundlik jangni boşdan-oxirigaça ötişdi, hakamlar esa durang natija e'lon qilişdi.

54 yoşli Tayson uçun uşbu jang faoliyatidagi 59-jang böldi. Bungaça “qariya” Mayk 58ta rasmiy jang ötkazib, ulardan 50tasida qöli baland kelgan. U öz vaqtida mutlaq jahon çempioni, WBC, WBA, IBF, The Ring versiyalari böyiça bir neça karra jahon çempioni bölgan. U oxirgi jangini 2005 yil iyunda Kevin Makbraydga qarşi ötkazib, unga texnik nokaut bilan yutqazgan. 

51 yoşli Jons hisobida esa bungaça 75ta jang bölgan va u ulardan 66tasida ğalaba qozongan, 9tasida mağlubiyatga uçragan. U 4ta – örta, super örta, oğir va öta oğir vazn toifasida çempionlik kamarlariga ega dunyodagi yagona boksçi hisoblanadi. Jons faoliyatini 2018 yilda hamyurti Skott Sigmon ustidan ğalaba bilan yakunlagan.