Amerikalik boksçilar Mayk Tayson va Roy Jons örtasidagi jangning pullik translatsiyalari soni bir milliondan oşdi. Bu haqda MMAFighting sayti xabar qildi.

 Xabarda aytilişiça, uşbu jang taşkilotçilarga 50 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Bu MMA jangçilari Habib Nurmagomedov va Jastin Geyji jangidagi 675 mingta pullik translatsiyadan tuşgan puldan qariyb ikki baravarga köproq.

Sobiq mutlaq jahon çempioni 54 yoşli Mayk Tayson va 4 ta vazn toifasida sobiq jahon çempioni 51 yoşli Roy Jons örtasidagi körgazmali boks jangi 29 noyabr kuni bölib ötdi. Uzoq kutilgan jang durang bilan yakunlandi va bu natijadan har ikki boksçi norozi böldi.

 Nurmagomedov Geyji bilan 24 oktyabr kuni UFC turnirida uçraşdi. Rossiyalik jangçi uçinçi marta çempionlik kamarini himoya qildi va faoliyatidagi 29-ğalabasiga erişdi. Jangdan söng u MMAdan ketişini aytdi. Ma'lumot berilişiça, u ğalabasi uçun 6 million dollar olgan.