Maşhur boksçilar kiçik Roy Jons va Mayk Tayson örtasidagi jang omma tarafidan jiddiy qabul qilinmoqda. MMA Fightinğning xabar berişiça, bu haqda boksçilar matbuot anjumanida aytib ötişgan.

Xususan, Tayson muxlislar haqiqiy jang kutişayotganini ta'kidladi. Jons ham uning fikrlariga qöşilişini bildirdi.

«Agar bunga işonmasangiz, demak siz bilan nimadir notöğri… Ha, kim ham Maykka qarşi özini körgazmali jang kutayotganini öylab ringga çiqardi. Bizda maxsus boş kiyimlar bölmaydi. Körgazmali jang? Yöq, hammasi qanday bölişi kerak bölsa, şunday böladi», – degan Roy.

Sobiq ring qirollari Roy Jons va Mayk Tayson örtasidagi jang 28 noyabr kuni ötkaziladi.  

54 yoşli Tayson va 51 yoşli Roy Jons ringga kötarilişi haqidagi gap-sözlar iyul oyida paydo bölgan edi. Ma'lum qilinişiça, namoyişdan tuşgan pullar xayriya taşkilotlariga yönaltiriladi.

2005 yildan buyon professional boksda ringga tuşmagan Mayk Tayson 58ta jang ötkazgan bölib, ularning 50tasida ğalaba qozongan. Oxirgi marta 2018 yilda ringga kötarilgan Roy Jonsda 66ta ğalaba va 9ta mağlubiyat bor.