Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Golden Boy» mukofoti uchun da'vogarlar beshligidan Mbappega joy topilmadi
Tuttosport nashri an'anaviy «Golden Boy» sovrinini qo‘lga kiritishga nomzod futbolchilarning qisqartirilgan ro‘yxatini taqdim etdi.
Da'vogarlarning yakuniy beshligidan quyidagi futbolchilar joy olishgan:
- Matteys de Ligt («Ayaks», 1999 yilda tug‘ilgan)
- Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», 1998)
- Jastin Klyuyvert («Roma», 1999)
- Vinisius Junior («Real», 2000)
- Patrik Kutrone («Milan», 1998)

Mukofot Yevropa chempionatlarida to‘p suruvchi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladi. Sovrin Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan 2003 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, g‘olib The Times (Angliya), France Football (Fransiya), Mundo Deportivo (Ispaniya), Bild (Germaniya), A Bola (Portugaliya) kabi nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi.
Bu safargi ovoz berish jarayonida turli mamlakatlardan bo‘lgan 30dan ziyod jurnalistlar ishtirok etgan. Oktyabr oyi boshida ro‘yxatning kengaytirilgan varianti taqdim etilgan, undan quyidagi 40 nafar futbolchi o‘rin olgan edi.

«Golden Boy» 2017 yilda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026