Xorijlik talabalar soni bo‘yicha Xorazm yetakchilik qilmoqda
Ma'lumki, ta'lim investitsiyasi ham mamlakat hayotida muhim yo‘nalishlardan biri bo‘la oladi. Dunyoning rivojlangan davlatlari bunday investitsiya jalb qilish, ya'ni o‘z ta'lim dargohlarida xorijlik talabalarni o‘qitish orqali milliardlab mablag‘larning o‘z iqtisodlariga kirishiga erishadilar.
O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda asta-sekin qadamlar tashlashni boshladi. Innovatsiya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 2377 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni eng kam bo‘lgan viloyat Namangan (2 nafar). Bu borada birinchilik ko‘pchilik o‘ylaganidek poytaxt Toshkent shahrida emas (293 nafar), aksincha OTMlari soni uchta bo‘lgan uzoq Xorazm viloyati (1322 nafar). Ikkinchi o‘rinni esa Buxoro viloyati egallagan (567 nafar).
Quyidagi infografikada hududlar kesimida xorijlik talabalar soni va ulardan kelib tushgan mablag‘ miqdori ko‘rsatilgan:
Mavzuga oid
14:01 / 13.10.2024
“Ko‘p narsa hokimlarning saviyasiga bog‘liq” - vatanga qaytgan investor qanday to‘siqlarga uchradi?
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
16:06 / 08.08.2024
Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
08:26 / 10.07.2024