O‘zbekiston | 15:40 / 21.11.2018
26693
1 daqiqa o‘qiladi

Metro bekatlarining kirish joylaridagi nazorat postlari olib tashlanmoqda

Toshkent metropolitenining ustki qismida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar xodimlarining nazorat posti olib tashlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birgalikda pastki qismdagi Ichki ishlar xodimlaring nazorat posti avvalgiday o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

«Hozirda O‘zbekiston, Milliy bog‘, Mashinasozlar metro bekatlarida ichki ishlar xodimlarining xizmati tugatildi. Yil oxiriga qadar barcha metro bekatlarida ichki ishlar xodimlari xizmati tugatilishi ko‘zda tutilgan», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid