O‘zbekiston qariyb 8 ming afg‘onistonlik muhojirni vataniga qaytardi
Afg‘onistonda yuz bergan harbiy nizolar oqibatida O‘zbekistonga joylashtirilgan qariyb 8 ming nafar muhojir o‘z vataniga qaytarildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi rahbari Akmal Saidov ma'lumot berdi.
21 noyabr kuni Xalqaro-press klubda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlagan Markaziy Osiyo xalqaro forumi oldidan tashkil etilgan press-brifingda Akmal Saidov qochoq va muhojirlar masalasida O‘zbekiston faol bo‘lishga intilayotgani haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi deyarli barcha afg‘on muhojirlari , «tinch yo‘l bilan» Afg‘onistonga qaytishi uchun ko‘mak berilgan.
«Biz ushbu masala bo‘yicha doim amaliy ishlarni bajarib kelmoqdamiz. Ayni paytda 200dan ortiq BMT mandatidagi qochoq maqomini olgan muhojirlar O‘zbekistonda qolgan», - deydi Akmal Saidov.
Saidov fuqarolik urushi yakuniga ko‘ra vataniga qaytarilgan tojikistonlik muhojirlar haqida ham biroz to‘xtalib o‘tdi.
«O‘zbekiston qochoq va muhojirlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani imzolagan a'zo davlatlardan biri bo‘lmasa-da, uning barcha majburiyatlarini to‘la anglagan holda amalga oshirib kelmoqda. Aslida O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotining a'zoligiga intilmoqda. Tashkilot bizdan Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi 1951 yilgi xalqaro Konventsiyani imzolashni, ushbu hujjatga ilova sifatida 1967 yil qabul qilingan fakultativ protokolni qabul qilishni so‘rayapti», - deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati ham O‘zbekiston yaqin orada Xalqaro migratsiya tashkilotiga qo‘shilishi haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:20 / 16.09.2024
Britaniyaga kirishga uringan 10 ga yaqin muhojir halok bo‘ldi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024