Sport | 20:10 / 22.11.2018
8924
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola terma jamoani boshqarish niyati borligini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda terma jamoani boshqarish orzusi borligini, bu bilan ko‘proq bo‘sh vaqtga ega bo‘lishni istayotganini tan oldi.

«Milliy terma jamoani boshqarishni istayman. Ertami yoki kechmi bu yuz beradi, chunki har safar uch kun ishlab, ko‘proq dam olishni, golf o‘ynashni orzu qilaman. Hozir bunga umuman vaqtim yo‘q.

Ha, bu qachonlardir yuz beradi. Qaysidir terma jamoa meni chaqirsa, bu imkoniyatdan foydalanaman. Ko‘ramiz», – deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Mutaxassisning «Manchester Siti» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Mavzuga oid