Sport | 22:09 / 24.11.2018
8791
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Siti» va «Liverpul»da yirik g‘alaba, «MYu»da durang

Angliya Premer-Ligasi 13-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 

«Manchester Siti» safarda «Vest Hem» bilan bellashib, raqib darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘lladi. Yosh hujumchi Leroy Sane dubl sohibi bo‘ldi.

«Liverpul» safarda «Uotford» mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Saloh, Firmino va Aleksander-Arnold hisobiga yozildi.

«Manchester Yunayted» o‘z uyida «Kristal Pelas» bilan bahs yuritdi. O‘yinda hisob ochilmadi.

«Manchester Siti» 35 ochko bilan APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Liverpul» 33 ochko bilan 2-o‘rinni, «Manchester Yunayted» 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 13-tur
24 noyabr

Vest Hem – Manchester Siti 0:4
Gollar:
 0:1 – 11 Silva, 0:2 – 19 Sterling, 0:3 – 34 Sane, 0:4 – 90 Sane. 

Uotford – Liverpul 0:3
Gollar:
 0:1 – 67 Saloh, 0:2 – 76 Aleksander-Arnold, 0:3 – 89 Firmino. 

Fulhem – Sauthempton 3:2
Gollar: 
0:1 – 18 Armstrong, 1:1 – 33 Mitrovich, 2:1 – 43 Shyurrle, 2:2 – 53 Armstrong, 3:2 – 63 Mitrovich. 

Brayton – Lester 1:1
Gollar: 
1:0 – 15 Myurrey, 1:1 – 79, penalti Vardi. 

Everton – Kardiff 1:0
Gol: 
1:0 – 59 Sigurdsson. 

Manchester Yunayted – Kristal Pelas 0:0

Mavzuga oid