Jahon | 11:12 / 24.11.2018
11595
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus internet erkinligini cheklash yo‘lini topdi

Foto: ITAR-TASS/ Yuriy Smityuk

Belarusda saytlardagi yangiliklarga izoh qoldirmoqchi bo‘lganlardan telefon raqami talab qilinadi. Bu haqda TUT.BY xabar bermoqda.

«Kimdir izoh qoldirmoqchi bo‘ladi. U xabarini muayyan internet-resursga yuboradi va telefon raqamini qoldiradi. Unga maxsus kod keladi», - deya aniqlik kiritdi mamlakat axborot vaziri Aleksandr Karlyukevich. Uning qayd etishicha, hech kim insonga o‘z fikrini bildirishga qarshilik ko‘rsatmaydi, biroq bu mamlakat qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak.

Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartishlar 2018 yilning 1 dekabridan kuchga kiradi. Yangiliklarga ko‘ra, internet-resurslar foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini to‘plashi mumkin bo‘ladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, elektron pochta manzili hamda e'lon qilinadigan vaqt haqidagi axborot, shuningdek, foydalanuvchining abonent qurilmalari haqidagi identifikatsiya ma'lumotlari (MAS-manzil, ichki va tashqi IP-manzillar).

Resurs egalari ushbu ma'lumotni saqlashi va ularni prokuratura, sud hamda boshqa nazorat organlari talabiga binoan taqdim etishlari shart. 

Mavzuga oid