Jamiyat | 13:18 / 24.11.2018
10585
1 daqiqa o‘qiladi

Tappi yoqib uxlagan xonadonda uch kishi isdan zaxarlangan

Joriy yilning 22 noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi S.Sh. (ayol) uyida isinish maqsadida tezak yoqib, uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, buning oqibatida undan sizib chiqqan is gazidan o‘zi, birga yashovchi bir yoshli o‘g‘li hamda birga yashovchi ovsini zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid