O‘zbekiston | 14:51 / 24.11.2018
18531
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Jusipbek Sidikbekovich Kazbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kruz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Mazkur lavozim prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi topshirig‘iga binoan joriy qilinmoqda.

Jusipbek Sidikbekovich Kazbekov

Jusipbek Kazbekov 1973 yil 15 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda 2011 yilda Kolorado shtati universitetini (magistratura, AQSh) tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.

Jusipbek Kazbekov o‘z mehnat faoliyati davomida:

1995-1998 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Suv resurslaridan mukammal foydalanish” kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi, katta laboranti;

1997-1997 yilda Isroilning Al-Quds universiteti “Yer osti suvlarini boshqarish” mavzusidagi xalqaro kursi tinglovchisi;

2001-2004 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Gidravlika” kafedrasi aspiranti, Gidroinformatika va suv resurslari o‘quv markazi direktori;

2004-2006 yillarda Toshkent irrigatsiya melioratsiya institutida Suv resurslari axborot tahlil xizmati direktori va “Gidravlika” kafedrasi o‘qituvchisi;

2006-2015 yillarda O‘zbekistondagi Qurg‘oqchilik hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazida (IKARDA) O‘rta Osiyo va Kavkaz Orti davlatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi katta ilmiy xodimi lavozimlarida ish olib borgan.

2015 yildan ushbu kungacha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali suv dasturlari bo‘yicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.

Mavzuga oid