Sport | 08:30 / 25.11.2018
10207
3 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» London derbisida to‘xtatildi

O‘tgan turda «Everton» darvozasini ishg‘ol eta olmagan «Chelsi» bu safar «Tottenhem» maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi.

London derbisi «ko‘klar»ning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan yakunlanishi ham mumkin edi. «Shporlar» 16-daqiqadayoq Alli va Keynning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borayotgan, 54-daqiqada Son Hyon Min hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan edi. Ammo o‘yin asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda Olive Jiru «aristokratlar»ni yirik hisobdan qutqaruvchi to‘pni kiritdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Mauritsio Sarri jamoasi APL startidan buyon ilk marta kuchli uchlikni tark etdi. «Manchester Siti» va «Liverpul»dan keyingi pog‘onaga endi «Tottenhem» joylashib oldi, «Chelsi» raqibidan ikki ochkoga ortda qolib, to‘rtinchi o‘ringa tushdi.

Angliya chempionati
13-tur, 24 noyabr
Tottenhem – Chelsi 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Alli, 2:0 – 16 Keyn, 3:0 – 54 Son Hyon Min, 3:1 – 85 Jiru.
Tottenxem – Loris, Ore, Foyt, Alderveyreld, Devis, Dayyer, Sissoko, Eriksen, Alli (Uinks, 87), Keyn, Son Hyon Min (Lamela, 78).Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Kante, Jorjino, Kovachich (Barkli, 58), Villian (Jiru, 76), Morata (Pedro, 58), Azar.
Ogohlantirishlar: Ryudiger (19), Azar (45), Jorjino (72).

Vest Hem – Manchester Siti 0:4 (0:3, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Silva, 0:2 – 19 Sterling, 0:3 – 34 Sane, 0:4 – 90 Sane.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Delf, Silva, Fernandino, Gyundogan (Foden, 69), Sterling (Marez, 74), Aguero (Gabriel Jyezus, 81), Sane.

Uotford – Liverpul 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 67 Salax, 0:2 – 76 Aleksander-Arnold, 0:3 – 89 Firmino.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Xenderson, Veynaldum, Shakiri (Milner, 74), Firmino (Matip, 90), Mane, Saloh (Fabino, 86).
Chetlatish: Xenderson (82).

Manchester Yunayted – Kristal Pelas 0:0 (0:0, 0:0)
Manchester Yunayted – De Xea, Darmian, Smolling, Lindelef, Yang, Lingard (Fellayni, 60), Matich, Pogba (Sanches, 68), Mata (Reshford, 60), Lukaku, Marsyal.

Fulhem – Sauthempton 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18 Armstrong, 1:1 – 33 Mitrovich, 2:1 – 43 Shyurrle, 2:2 – 53 Armstrong, 3:2 – 63 Mitrovich.

Brayton – Lester 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 15 Myurrey, 1:1 – 79, penalti Vardi.
Chetlatish: Meddison (28, Lester).

Everton – Kardiff 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 59 Sigurdsson.

25 noyabr (yakshanba)
18:30. Bornmut – Arsenal
 21:00. Vulverhempton – Xaddersfild

26 noyabr (dushanba tunda)
01:00. Bernli – Nyukasl

Turnir jadvali

Mavzuga oid